18:00 / 23.04.2021
4 534

«Kasallik zo‘rayib, bizni tanimay qolganlarida ham 5 vaqt namozlari eslarida edi» - Shuhrat Qayumovning o‘g‘li


Marhum suxandon va xonanda Shuhrat Qayumovning o‘g‘li Azizulloh Qayumov «Sevimli» telekanalining «Mashhurlar» loyihasida otasining so‘nggi kunlarini xotirladi.

«Menimcha, qayta dunyoga kelsam ham, bunaqa otani topa olmasam kerak. Chunki, eng oxirgi misolni keltiraman, oxirgi paytlari bizni, meni tanimagan paytlari besh mahal namozlari eslarida turdi. Lekin xotiralarida biz yo‘q edik. Juda ham yumshoq bo‘lganlar, biz bilan ko‘proq do‘st sifatida gaplashishga harakat qilgan. Yoshligimdan so‘kinish degan gapni umuman eshitmaganman. Har doim yumshoq gapirar edilar», — deydi Azizulloh Qayumov.

«Otam faqat ota emas, kezi kelganida ona ham bo‘lardilar. Isitmalab yotib qolsam, isitmalari menikidan baland bo‘lsa ham, tepamda turardilar. Hali ham esimda, o‘zlarining juda qattiq mazalari bo‘lmagan. Men isitmalab yotib qoldim. Lekin har besh minutda bolam, yaxshimisan, deb chiqib, yana boshqa dori olib kelib, internetdan qanday ichilishini topib, qarardilar. Mening tezroq oyoqqa turishimni xohlaganlaridan mening umrim oz qoldi, ertaga Xudo jonimni olib qo‘ysa, afsuslanasan, derdilar. 

Mazalari bo‘lmagan paytda tuzalib ketadilar, deb o‘ylardim. Pandemiya paytida Covid’ni yuqtirganman, uydagilarga yuqtirmaslik uchun mehmonxonada yashaganman. O‘shanda menga ovozli xabar jo‘natganlar. Shu ovozli xabarni Mp3 qilib olib, haligacha eshitib yuraman
», — deydi Azizulloh Qayumov.

«Oxirgi paytlari ko‘zlari xira ko‘radigan bo‘lib qolganidan keyin tahorat qilishga ham qiynalib qolgandilar. Onamlar, men yoki ukam tahorat qildirib qo‘yay, deganimizda ‘yo‘q’ derdilar. Hatto oyoqlarini yuvib qo‘yay deganlarida ham ‘yo‘q, men seni qiynab qo‘yamanmi’, deganlar», — deya otasini xotirlaydi Azizulloh Qayumov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli suxandon va san’atkor Shuhrat Qayumov 2020 yilning 22 sentabr kuni 51 yoshida vafot etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kasallik zo‘rayib, bizni tanimay qolganlarida ham 5 vaqt namozlari eslarida edi» - Shuhrat Qayumovning o‘g‘li