22:11 / 23.04.2021
2 414

MIB: Mo‘ynoqda tadbirkor foydasiga 324 mln. so‘m undirib berildi


Qo‘ng‘irot tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjati asos qarzdor tuman hududidagi MCHJlarning biridan undiruvchi “MOYNOQ TUXUM” xususiy korxonasi  foydasiga jami bo‘lib 324 mln. 249,4 ming so‘m qarz, penya, davlat boji va boshqa harajatlar undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati, Majburiy ijro byurosi Muynoq tuman bo‘limi ish yurituviga 21.12.2020 yil kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdor MCHJijro ishi yurituvi qo‘zg‘ash to‘g‘risidagi qarori bilan tanishtirilgan va nusqalari berilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorning nomida mol-mulk mavjud yoki mavjud emasligi aniqlash maqsadida MIB Ijro” dasturiy ta’minoti orqali so‘rovnomalar yuborilgan va bank hisob raqamlariga elektron inkassa va taqiq quyilgan.
 
   Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor MCHJning nomida aniqlangan mol-mulklarini xatlash jarayonida belgilangan qarzdorliq va harajatlar to‘liq undirilgan va ijro hujjati tegishli tartibda tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Mo‘ynoqda tadbirkor foydasiga 324 mln. so‘m undirib berildi