21:30 / 24.04.2021
2 437

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzilish holatini fosh etishdi.

Olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Andijon shahrida fuqaro E.M. boshqaruvidagi “Lasetti 2” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Ko‘zdan kechirish natijasida avtotransport vositasi salon qismida fuqaro E.M.ga tegishli bo‘lgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 51,2 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 2000 dona “Tramadol 50 mg” va 8 dona “Tropikamid 1%” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

 Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan  surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi