13:13 / 26.04.2021
1 378

Giyohvandlik vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi


Mamlakatimizda giyohvandlik vositalari bilan muomala qilish qat’iy taqiqlangan moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish va noqonuniy aylanishiga qarshi milliy qonunchilik asoslari yaratilgan, shuningdek qonunbuzilish holatlari uchun javobgarlik belgilangan.

Shunga qaramasdan, giyohvandlik vositalarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.

Xususan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti  tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlari ham shular jumlasidandir.

Mazkur bojxona postiga kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi M.A. o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning sigaret qutisi ichida o‘ziga xos o‘tkir hidli, to‘q yashil rangli sof og‘irligi 0,32 bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa “Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi Q.H. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning hamyoni ichki cho‘ntagi ichida sof og‘irligi
0,25 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Navbatdagi qonunbuzarni ham xuddi shunday qismat kutayotgan edi. Yurtimizga mazkur post orqali kirib kelgan fuqaro D.P. bojxona xodimlari tomonidan bojxona nazaratidan o‘tkazilganda, uning  qo‘l yuklari orasida folga qog‘ozi ichiga o‘ralgan, sof og‘irligi 0,23 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Bulardan tashqari, qo‘shni davlat fuqarosi S.K.ning  ham nayrangi ish bermadi. Uning hamyoni ichida sof og‘irligi 0,32 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilganini bojxonachilar o‘z vaqtida fosh etishdi.

Hozir yuqoridagi holatlar bo‘yicha bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi