20:43 / 26.04.2021
3 391

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ga raqobatdosh aviakompaniyaning ilk samolyoti olib kelindi


Bundan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari orasida yurtimizda samolyot chiptalarining narxlari juda qimmatligi ko‘pgina muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Bunga “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga raqobatbardosh kompaniyaning yo‘qligi deb qaralgandi. Bugun O‘zbekistondagi birinchi xususiy aviakompaniyaning ilk samolyoti olib kelindi.

Bu esa “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga jiddiy raqabotdosh paydo bo‘ldi degani. Bugun samolyotni kutib olishga bag‘ishlangan tadbirda bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etdi va bu aviakompaniya to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.

Airbus A320 rusumli samolyot yetib keldi. Keyingi 20 kun davomida ikkinchisi ham yetib keladi va yil yakuniga qadar Airbus A330 rusumli ikkita samolyot yetib kelishi kutilmoqda. Yaqin bir-ikki yil davomida qo‘shimcha yana samolyotlar olinib, aviakompaniya parkida uchta Airbus A320 va uchta Airbus A330 samolyotlari mavjud bo‘ladi. Aviatsiya sohasida monopoliyaga barham berildi. Qanot Sharq O‘zbekistonda Uzbekistan Airways’ga birinchi raqobatbardosh aviakompaniya bo‘ladi”, - degan bosh vazir o‘rinbosari.

Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasi 1998 yilda ro‘yxatga olingan bo‘lib, yuk va yo‘lovchi aviatashuvlariga ixtisoslashgan. 2003 yildan 2012 yilgacha kompaniya “O‘zbekiston havo yo‘llari”dan IL-76 samolyotlarini ijaraga olgan va O‘zbekistondagi birinchi xususiy aviakompaniya o‘laroq o‘z charter reyslarini amalga oshirgan. Kompaniya 150 mingdan ortiq yo‘lovchi tashigan. Barcha IL-76 samolyotlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga o‘tkazilgach, kompaniyaning ekspluatantlik sertifikati to‘xtatilgan. O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasining ikkita Airbus A320-214 samolyotini O‘zbekistonda UK32030 va UK32031 raqamlari ostida ro‘yxatdan o‘tkazgan edi.

Qanot Sharq Airlines hududiy aeroportlardan Istanbul, Anqara (Turkiya), Dubay (BAA), Jidda, Madina (Saudiya Arabistoni), Moskva, Sankt-Peterburg (Rossiya Federatsiyasi) va Almati (Qozog‘iston) yo‘nalishlarida aviaqatnovlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Umid qilamizki Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasi kelajakda faqat chet davlatlarga emas mahalliy qatnovlarni ham yo‘lga qo‘yadi. Bu esa narxlarni tushishiga sabab bo‘lsa ajab emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga raqobatdosh aviakompaniyaning ilk samolyoti olib kelindi