21:09 / 26.04.2021
2 227

Voyaga yetmagan farzand onasi qaramog‘iga olib berildi


Majburiy ijro byurosi Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Quyichirchiq tumanlararo sudining 15.02.2021 yilgi ijro varaqasiga asosan, voyaga yetmagan M.S. ni otasi D.K. ning qaramog‘idan onasi G.T. ning tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 16.03.2021 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Ushbu ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib, taraflarga yuborilgan.

Javobgar tomonidan o‘ziga belgilangan muddatda ijro hujjati talabi bajarilmagach, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, 15.04.2021 yil kuni voyaga yetmagan M.S. otasi D.K.dan onasi G.T. ning tarbiyasiga olib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Voyaga yetmagan farzand onasi qaramog‘iga olib berildi