10:24 / 27.04.2021
2 116

Turkiyaga kirish uchun joriy etilgan shartlar 31 mayga qadar uzaytirildi


Turkiya hukumati chet el davlatlari (6 yosh va undan katta) fuqarolarining mamlakatga kirishi uchun ilgari kiritilgan qoidalarni 2021 yil 31 mayga qadar uzaytirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiyaga kelishdan 72 soat oldin PSR testidan o‘tish va ingliz tiliga tarjima qilingan QR-kodli tegishli ma’lumotmona olinishi kerak. Ma’lumotnomada Negative Sars-CoV-2 PCR so‘zlari yozilgan bo‘lishi lozim.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytida quyidagi havola orqali PSR testini topshirish to‘g‘risidagi shaklni to‘ldirish kerak. Bunda xorijga chiqish pasportida yozilgani kabi ingliz tilida ism, familiya, telefon, elektron pochta, aviareys, Turkiyada vaqtincha turish manzili, Turkiyaga kelgunga qadar oxirgi 10 kun ichida tashrif buyurgan mamlakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.

Shundan so‘ng to‘ldirilgan ariza shaklini chop etib va uni mobil qurilmaga (smartfon, planshet va h.k.) yuklab olish lozim — anketani to‘ldirgandan so‘ng sayohat paytida taqdim etilishi kerak bo‘lgan shaxsiy HES kodi hosil bo‘ladi. Turkiyada mehmonxona, qator ob’ektlarni ziyorat qilish va tadbirlarda ishtirok etish uchun ushbu HES kodini ko‘rsatish talab etiladi. HES kodini bosma shaklda ham, mobil qurilmaning ekranida ham taqdim etish mumkin.

Jo‘nash aeroportida aviakompaniya xodimiga qog‘ozga chiqarilgan yoki mobil qurilmaga yuklab olingan so‘rovnomani taqdim etish lozim. Anketasiz samolyotga chiqish rad etiladi.

«Shuni ta’kidlash kerakki, Turkiyaga HES kodisiz kelgan xorijiy davlatlarning fuqarolariga mamlakatga kirish taqiqlanishi hamda ular o‘zlarining mablag‘lari hisobidan deportatsiya qilinishi mumkin», — deyiladi TIV xabarida.

Ushbu talab tranzit yo‘lovchilariga taalluqli emas.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaga bormoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun majburiy elektron so‘rovnoma 15 martdan joriy qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyaga kirish uchun joriy etilgan shartlar 31 mayga qadar uzaytirildi