11:58 / 27.04.2021
1 898

Jamoat xavfsizligini ta’minlashda profilatika inspektorining roli qanday?


Bugungi kunda profilaktika inspektorlarining asosiy vazifasi faqat sodir etilgan jinoyatlarni hisobga olish, ularning oqibati bilan kurashish emas, balki huquqbuzarliklarinng sabab va omillarini chuqur tahlil qilish asosida ularning barvaqt oldini olishga qaratilgan choralarni o‘z hududida amalga oshirishdan iborat
                                                                                                                                                   Sh.M.Mirziyoyev

Huquqbuzarliklar profilaktikasini jinoyatchilikka qarshi kurashishning bosh yo‘nalishiga aylantirish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha puxta o‘ylangan va izchil harakatlarni davom ettirish zarurati oshib bormoqda.

Jahonda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishning ta’sirchan tizimini yaratish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarga qonunga hurmat va qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik munosabatini singdirish, profilaktik ishlarni muvofiqlashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasining zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qonunchilik normalari va ularni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq muammolarning ilmiy yechimini topish dolzarb hisoblanadi. 

Shuningdek, huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish tizimini takomillashtirish istiqbollarini tadqiq etish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘tgan davr mobaynida respublikamizda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu boradagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yaxlit normativ-huquqiy baza shakllandi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining samarali faoliyati natijasida mamlakatda huquq-tartibot mustahkamlanib, kriminogen vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi. Bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini tashkil etish uslublarini tubdan o‘zgartirish, qonun buzilishi holatlarini fosh etish va choralar ko‘rish emas, balki mazkur holatlarning barvaqt oldini olish va profilaktikasini ta’minlashni, ushbu idoralarning eng asosiy vazifasiga aylantirish, huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi chora-tadbirlarining samarali tizimini joriy etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi sub’ektlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hozirgi kunda profilaktik chora tadbirlarin amalga oshirishda profilaktika inspektorlarining roli kengayib, ular mamuriy hududda mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari bilan birgalikda, har bir ko‘cha, har bir xonadonga birma-bir kirib, fuqarolarning   ijtimoiy ahvolini o‘rganish, taklif va tavsiyalarini berishlari muhim masalalardan biri hisoblanishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 26 martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6196-sonli Farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu farmonda ichki ishlar organlari tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan normalar o‘z aksini topganligini ko‘riishmiz mumkin.

Shuningdek, ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari bosqichma-bosqich tashkil etilishi, bunda:
- mahalla huquq-tartibot maskani hududdagi jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning asosiy quyi bo‘g‘ini hisoblanishi;
- mahalla huquq-tartibot maskani negizida hududdagi ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmatlari hamda Milliy gvardiya va boshqa davlat organlarining muvofiqlashtirilgan faoliyati tashkil etilishi;
- mahalla huquq-tartibot maskani tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini tizimli tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi profilaktika inspektoriga yuklanishi belgilab qo‘yildi.

Ta’kidlash joizki, yurtimizda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Profilaktika inspektorlari faoliyati tizimini tubdan isloh qilishning huquqiy asoslari takomillashtirildi, tizim xodimlariga yangi vazifalar yuklatildi va xizmat olib borish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilmoqda.
 
Dilfuza Abdullayeva
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan 
filiali Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jamoat xavfsizligini ta’minlashda profilatika inspektorining roli qanday?