17:00 / 27.04.2021
3 513

Chiroqchida 7 yoshli bolaning o‘limi sabab ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi


Foto: Telegram / «Chiroqchi.uz»
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 23 aprel kuni bir guruh ayollar Xo‘jaobod qishlog‘idan o‘tuvchi A-378 Qarshi—Samarqand avtomobil yo‘lini to‘sib, avtomashinalar harakatlanishiga to‘sqinlik qildi. Holat aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Tumanning «Qumdaryo» mahallasi Oqtunli qishlog‘ida yashovchi ayollar farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotgani, ular Xo‘jaobod qishlog‘idagi maktabga borishi uchun Qarshi—Samarqand avtomobil yo‘lidan kesib o‘tishlari xavfli ekanini bildirib, yo‘lni to‘sib, mashinalar harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 21 aprel kuni Isuzu rusumli yuk mashinasi A-378 Samarqand—G‘uzor yo‘lidan Samarqand viloyati tomonga harakatlanayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga piyodalar yo‘lakchasi orqali kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan, Chiroqchi tumani «Xo‘jaobod» mahallasida yashovchi, Chiroqchi tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 140-sonli umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi, 2014 yilda tug‘ilgan D.E.ni urib yuborgan. Oqibatda voyaga yetmagan D.E. og‘ir tan jarohati olib, Chiroqchi tumani Ko‘kdala shifoxonasida vafot etgan.

Shu sababli ayollar tuman mutasaddi rahbarlaridan «Qumdaryo» mahallasi hududidagi maktabning qurilishini tezlashtirish va ishga tushirishni talab qilib, Qarshi—Samarqand avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Natijada A-378 avtomobil yo‘lida qisqa muddatga avtomashinalar harakatlanishi to‘xtab qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chiroqchida 7 yoshli bolaning o‘limi sabab ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi