16:00 / 28.04.2021
3 297

Samarqandda 2 qishloq aholisi o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi


Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi Rovot va Bog‘onli qishloqlarida yashovchi fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan mushtlashuv oqibatida 15 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 25 aprel kuni soat 19:00 larda 51 yoshli M.Bahodir ismli fuqaro Lacetti rusumli avtomashinasini Rovot—Bog‘onali qishlog‘i yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotganida, uning ortidan kelayotgan Lacetti ichidagi yigitlar (haydovchi 22 yoshli A.Mirjalol va uning yo‘lovchilari 36 yoshli R.Ural, 24 yoshli A.Talat, 18 yoshli A.Firdavs) erkakni haqorat qilgan.

Yigitlar haydovchi M.Bahodirga mashinani noto‘g‘ri boshqarib, ularning avtomobilini qisib yuborganini aytgan. Yuzaga kelgan tortishuv oqibatida Rovot va Bog‘onali qishlog‘ida yashovchi jami 17 nafar fuqaro o‘rtasida janjal kelib chiqib, bir-birlarini urib do‘pposlagan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu janjalda faol ishtirok etgan 17 nafar fuqarodan 15 nafari turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olgani, ulardan 3 nafari ayol kishi ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 2 qishloq aholisi o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi