19:23 / 28.04.2021
2 501

Toshkent metrosida yana «ishkal» chiqdi


Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent metrosining bir nechta bekatlarida metro vagonlari to‘xtab qolgan. «Xabar.uz»ning ma’lum qilishicha, «Mustaqillik» va «Paxtakor» metro bekatlari oralig‘ida qatnov to‘xtagan.

Bunga «Novza» bekati yaqinida poyezdning to‘xtab qolgani, yo‘lovchilari esa metro yo‘lovchilari tunnel bo‘ylab piyoda bekatga chiqarilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

«Mustaqillik» va «Paxtakor» metro bekatlari oralig‘ida to‘xtab qolgan poyezd teskari yo‘nalishda harakatlanib, yo‘lovchilarni manziliga yetkazish uchun olib ketgan. Bir tomonda harakat to‘xtagan.

Foto: Xabar.uz
Hodisa oqibatida Amir Temur va boshqa metro bekatlarida tiqilinchlar yuzaga kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent metrosida yana «ishkal» chiqdi