08:00 / 29.04.2021
964

«Mahalliy yo‘nalishlarda kichik samolyotlar qatnovini yo‘lga qo‘ymoqchimiz» — transport vaziri

«Mahalliy yo‘nalishlarda kichik samolyotlar qatnovini yo‘lga qo‘ymoqchimiz» — transport vaziri

Transport vaziri, «Uzbekistan Airways» AJ boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov 28 aprel kungi matbuot anjumanida kompaniya kichik modeldagi samolyotlarda mahalliy parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida aytdi.

«Ichki yo‘nalishda parvozlar sonini ko‘paytirish maqsadida yana boshqa jihatdan kichkinaroq bo‘lgan samolyotlar loyihasi ustida ishlayapmiz. Buni hozir gapirishga sal vaqtli deb o‘ylayman. Biznes modelini ishlab chiqqanimizdan keyin bunga yana alohida urg‘u beramiz.
Asosiy maqsad – birinchi navbatda O‘zbekiston fuqarolarining respublikada mobilligini oshirish. Ya’ni viloyat markazlarini poytaxt bilan bog‘lash», – dedi vazir.

Ilhom Mahkamovga ko‘ra, mahalliy yo‘nalishlar uchun kichik samolyotlarda chipta narxlari hozirgidan kamida 20 foizga arzon bo‘ladi.
«Biz yiliga kamida 3 million aholini ichki yo‘nalishlarda tashish qobiliyatiga ega bo‘lish marrasini o‘z oldimizga qo‘yganmiz», – ta’kidladi Uzbekistan Airways rahbari.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «Mahalliy yo‘nalishlarda kichik samolyotlar qatnovini yo‘lga qo‘ymoqchimiz» — transport vaziri