15:20 / 29.04.2021
1 519

Tadbirkordan 234 mln. so‘m soliq qarzi naqd shaklda undirildi


Oltiariq tumanidagi “Oltiariq montaj spetsstroy servis” MCHJ qurilish-ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanib davlatga 234 mln. so‘m soliq qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

26.01.2021 yilda Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishi yurituvi bo‘yicha qarzdor jamiyat mas’ullari bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan soliq qarzini to‘lashga umuman e’tibor qaratmagan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning bank hisob raqamida pul mablag‘i yo‘qligi va transport vositasi ham aniqlanmaganligi sababli  jamiyatning boshqa tadbirkorlik sub’ektlarida debitor haqdorligi mavjudligi aniqlangan.

Debitor haqdorlik hisobidan soliq qarzini undirishga kirishila boshlanganida, buni qarangki qarzdor jamiyat mas’ullari 234 mln. so‘m soliq to‘lovlarini naqd shaklda to‘lab ketishgan. Buning ustiga o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli 11 mln. so‘m ijro yig‘imi qo‘shimcha ravishda undirib olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkordan 234 mln. so‘m soliq qarzi naqd shaklda undirildi