15:43 / 29.04.2021
1 574

Yozyovonlik otadan qariyb 22 mln. so‘m aliment undirildi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 09.02.2018 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor O.Madaliyevdan undiruvchi U.Madaliyeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor 2019 yil noyabr oyidan 2021 yil aprel oyiga qadar 21 769,2 ming so‘m aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor O.Madaliyevdan aliment qarzi to‘liq undirilib, undiruvchi U.Madaliyevaga topshirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yozyovonlik otadan qariyb 22 mln. so‘m aliment undirildi