15:50 / 30.04.2021
2 841

Sergelida lo‘lilarni quvayotgan militsiya xodimi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Sergeli tumanida eshak aravada harakatlanayotgan lo‘lilarni quvayotgan ichki ishlar organi xodimi tasvirlangan video tarqaldi.

Videodan ko‘rish mumkinki, lo‘lilardan biri yerusti metro yo‘lining ustunlari oralab qochib ketgan, huquq-tartibot organi xodimi esa uning ortidan quvishga tushgan. Ayol kishi boshqaruvidagi eshak arava esa katta tezlikda avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning yanvarida Shavkat Mirziyoyev tilanchilik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzolagandi. Qonunga muvofiq, jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab tilanchilik bilan shug‘ullanish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazoga tortiladi, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida lo‘lilarni quvayotgan militsiya xodimi (video)