09:09 / 01.05.2021
2 272

Muftiy hazratlari va bir guruh ulamolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


2016 yilning 28 dekabrida “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilingan edi. Mazkur farmonga muvofiq, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi. Kuni kecha matbuotda ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar orasida ko‘plab taniqli ulamolar ham bor, Jumladan: 
  • O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari birinchi darajali;
  • Toshkent shahridagi “Burhoniddin Marg‘iloniy” jome masjidi imom-xatibi Abdulhamid Tursunov,
  • Toshkent viloyatidagi “Hasanboy ota” jome masjidi imomi Yahyo Turdiyev,
  • Buxoro viloyatidagi “Bahouddin Naqshband” jome masjidi imom-xatibi Abdug‘ofur Razzoqov ikkinchi darajali;
  • Samarqand viloyati Urgut tumani bosh imom-xatibi Shodi  Haqberdiyev uchinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muftiy hazratlari va bir guruh ulamolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi