23:09 / 30.04.2021
3 242

«Mehr-5» operatsiyasi: 93 nafar o‘zbekistonlik Suriyadan olib kelindi


2019 yildan buyon amalga oshirilayotgan «Mehr» insonparvarlik operatsiyasi turli sabablar bilan urush bo‘layotgan mamlakatlarga borib qolgan yuzlab vatandoshlarimiz yurtga qaytarilgan edi.  Bugun ham Suriyadan vatanimizga «Mehr-5» operatsiyasi doirasida navbatdagi vatandoshlar olib kelindi.

Qayd etilishicha, bugungi kungacha o‘tkazilgan «Mehr-1, 2, 3, 4» operatsiyalari doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistonda og‘ir ahvolga tushib, chorasiz qolgan 438 nafar ayollar va bolalar O‘zbekistonga olib kelindi.

AQSH va boshqa hamkor davlatlar ko‘magi bilan amalga oshirilgan «Mehr-5» operatsiyasi natijasida Suriya hududidagi urush ketayotgan «qaynoq nuqtalarga» borib qolib, «Al-Hol» lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar O‘zbekistonga qaytarildi.

Shuningdek, O‘zbekistonga olib kelingan bolalar orasida ham otasini, ham onasini yo‘qotgan 7 nafar chin yetim bola bor.
Endilikda bu ayollar va bolalar Toshkent viloyatidagi «Bo‘ston» sanatoriysiga joylashtiriladi hamda ularga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshiriladi.

2019 yilda 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan, ayollar va bolalar Suriya poytaxti Damashqdan maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelingan. 2019 yilning oktabr oyida esa Yaqin Sharqdagi mojarolar hududidan o‘zbekistonliklarni qaytarish bo‘yicha ikkinchi maxsus operatsiya amalga oshirilgan. 2020 yilning dekabridagi uchinchi maxsus operatsiya doirasida Suriyadan 25 nafar ayol va 73 nafar bola, 2021 yildagi «Mehr-4» operatsiyada esa 24 nafar fuqaro Afg‘onistondan O‘zbekistonga qaytarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Mehr-5» operatsiyasi: 93 nafar o‘zbekistonlik Suriyadan olib kelindi