22:22 / 01.05.2021
2 102

1 maydan nimalar o‘zgardi?

1 maydan nimalar o‘zgardi?

2021 yil 1 maydan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Moliyaviy ma’lumotlar
Quyidagilarga oid moliyaviy ma’lumotlarni OAV va Internetda e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi:
  • davlat organlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining daromadi va xarajatlari;
  • ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularga ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar xaridlari;
  • davlat subsidiya va grantlarining miqdorlari va oluvchilari.
O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish tartibi
Mamlakatimizga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, doimiy yashayotgan, shuningdek mamlakatimizda 15 yil davomida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilinadi.

International English Language Testing System
Xalqaro imtihon tizimlari – International English Language Testing System (IELTS), Test of English as a Foreign Language internet Based Test (TOEFL) iBT, Graduate Management Admission Test (GMAT), Graduate Record Examinations (GRЕ), Scholastic Assessment Test (SAT) bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi).

Ijro.gov.uz tizimi
Barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat Ijro.gov.uz tizimida amalga oshiriladi.

Yangi qurilish
Yangi qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmik darajasi, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar materiallarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » 1 maydan nimalar o‘zgardi?