09:30 / 02.05.2021
1 852

Qidiruvdagi shaxsdan 22,8 mln. so‘m aliment undirildi


Qo‘shtepa tumanida yashovchi R.Madraximov ikki nafar farzandini tirik yetim qilishdan tashqari ularning yashashi uchun 18,0 mln. so‘m aliment pulini ham to‘lamagan.

Byuroning Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan qarzdor otaga O‘zbekiton Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan tegishli ma’muriy chora ko‘rilib, 15 sutka qamoq jazosini o‘tab chiqqach ham ahvol o‘zgarmagan. Boz ustiga, yashash manzilini ham o‘zgartirib olgan.

Byuroning qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan 2 oydan ortiq vaqt davomida qidiruv tadbirlari olib borilgan, natijada qarzdor Farg‘ona shahar, Yangi asr ko‘chasi, 190-uy, 71-xonadonda yashab kelayotganligi aniqlanib ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lgach, qarzdor “ota” 22 mln. 800 ming so‘m aliment pulini 2021 yil 1 may kuniga qadar to‘liq to‘lab berishga majbur bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi shaxsdan 22,8 mln. so‘m aliment undirildi