10:00 / 02.05.2021
2 436

MIB Sergeli tuamnida 55 mln. so‘mlik aliment mablag‘larini undirdi


FIB Yakkasaroy tumanlararo sudiniig 18.09.2014 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor Mun Denisdan undiruvchi Pak Tatyananing foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Sergeli tuman bo‘limi ish yurtuviga 23.10.2014 yilda kelib tushgan bo‘lib, shu kunning o‘zida “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mazkur ijro hujjatining ijrosini taminlash va qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida, vakolatli organlarga so‘rovnomalar yuborilgan bo‘lib, olingan javob xatlarga ko‘ra qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar aniqlanmagan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning aliment qarzi O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 140-moddasiga asosan hisoblanganda joriy yilning may oyiga qadar aliment va moddiy ta’minotdan qarzdorlik jami 55.121.396 so‘mni so‘mni tashkil etgan. Byuroning Sergeli tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari hamda huquqiy tushuntirishi natijasida qarzdor ota to‘g‘ri xulosa chiqarib, bir nafar voyaga yetmagan farzandiga to‘lanishi lozim bo‘lgan 55.121.396 so‘m aliment pullari to‘liq undirilib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Sergeli tuamnida 55 mln. so‘mlik aliment mablag‘larini undirdi