07:30 / 02.05.2021
2 881

Sobiq xodim ishga tiklanib, 65,7 mln. so‘m undirib berildi


FIB Uchtepa tumanlararo sudining 18.01.2021 yildagi  ijro varaqasiga asosan, undiruvchi U.M.ni  MCHJ direktori lavozimiga ishga tiklash va majburiy progul uchun 45.708 ming so‘m, ma’naviy zarar uchun 20.000 ming so‘m jami 65.708 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 18.02.2021 yilda Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 18.02.2021 yil kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va taraflarga yuborilgan. Olib borilgan  majburiy ijro harakatlari davomida, MIB tuman bo‘limi tomonidan 26.01.2021 yilda undiruvchi U.M. MCHJ direktori lavozimiga ishga tiklandi.

Shuningdek, qarzdorning bank hisob raqamlariga band solinib 09.03.2021 yilda jami 65 mln. 708 ming so‘m ish haqi va ma’naviy zarar pul mablag‘lari qarzdorning hisob raqamlaridan yechib olinib, undiruvchi  U.M. taqdim etilgan bank hisob raqamlariga  65.708 ming so‘m pul mablag‘lari o‘tkazib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq xodim ishga tiklanib, 65,7 mln. so‘m undirib berildi