15:41 / 03.05.2021
1 841

Buxoroda 51 yoshli ayol o‘zini 8-qavatdan tashlashga urindi


Buxoro shahrida qurilishi tugallanmagan binoning 8-qavatidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan 51 yoshli ayolning hayoti profilaktika inspektorining tezkor sa’y harakatlari tufayli saqlab qolindi, deyiladi Buxoro IIB xabarida.

Qayd etilishicha, bugun, 3 may kuni taxminan soat 10:00 larda Buxoro shahar F.Xo‘jayev mahallasida yashovchi, 51 yoshli ayol turli ichki kechinmalar ta’sirida, ruhiyatida kelib chiqqan o‘zgarishlar sababli, Buxoro shahar Ibrohim Mo‘minov ko‘chasida joylashgan 8 (sakkiz) qavatli qurilishi tugallanmagan binonining 8-qavatidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘ladi.

Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo‘limi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘ilmi profilaktika katta inspektori katta leytenant Izzat Mirzayev u bilan tushuntirish-muzokara ishlarini olib borib, o‘z vaqtida ko‘rgan kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar natijasida ushbu noxush yakun topishi mumkin bo‘lgan holatning oldi olinib, ayolning hayoti qutqarib qolindi.

Hozirda ushbu ayolga Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim hamda psixologlar guruhi psixolog xodimlari, boshqa mutasaddi idoralar mas’ullari tomonidan tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatilib, voqea sabablari o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 51 yoshli ayol o‘zini 8-qavatdan tashlashga urindi