18:00 / 04.05.2021
2 768

Pensiya tayinlashni soddalashtirish bo‘yicha prezident qarori imzolandi


Pensiya tayinlash jarayoni soddalashtiriladi. Bu bo‘yicha tegishli qaror prezident tomonidan imzolangan. Unga ko‘ra:
2022 yil 1 iyuldan boshlab:
  • mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi va harbiy xizmat davri ma’lumotlari Pensiya jamg‘armasining dasturiy ta’minoti bilan bog‘langan holda «Yagona mehnat milliy tizimi» orqali elektron tarzda olinadi;
  • davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
  • davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-karta talab etiladi.
2022 yil 1 yanvardan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni aholiga yetkazib berish har 3 yilda hududlarda alohida tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pensiya tayinlashni soddalashtirish bo‘yicha prezident qarori imzolandi