18:30 / 04.05.2021
2 403

Toshkentda 14 yoshli bola o‘zi bilan salomlashmagan 22 yoshli yigitga pichoq urdi


2021 yilning 1 may kuni soat 23:30 larda voyaga yetmagan 14 yoshli X.Izzatilla Shayxontohur tumani Ilg‘or mahallasida joylashgan «Aviachipta» binosining orqa tomonida 22 yoshli A.Orifjonni pichoqladi.

Bunga A.Orifjonning u bilan ikki kun oldin salomlashmagani sabab bo‘lgan. 14 yoshli yigit tanishining chap qo‘ltiq sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan X.Izzatillaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 14 yoshli bola o‘zi bilan salomlashmagan 22 yoshli yigitga pichoq urdi