22:06 / 04.05.2021
2 496

Denovlik ota 115 million so‘m aliment to‘ladi


“Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” degan maqol bejizga aytilmagan, albatta. Biroq, hech bir insonning hayoti bir yo‘sinda o‘tmaydi. Hayotning pasdu baland yo‘llarida ba’zan inson qoqiladi, adashadi, baxtini, oilasini yo‘qotadi. Oilaviy ajrimlar sabab nikoh bekor qilinib, o‘zaro rishtalar uzilishi, oilalar barbod bo‘lishi hollari ham uchrab turadi hayotda. Bunday paytda farzandlar hayoti qanday bo‘ladi? Ularning moddiy ta’minotichi? Bu kabi savollar ko‘pchilikni qiynashi tabiiy.

Tahlillarga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushayotgan murojaatlarning 70-80 foizi ham aynan aliment undirish bilan bog‘liq murojaatlardir.

O‘zaro kelishmovchiliklar sabab turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishga qaror qilgan Denovlik G.To‘rayeva sud qaroriga asosan bir nafar qiz farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini undirib berishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ijobiy xal etildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2018 yil 10 oktabrdagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor ota B.Xalilovdan bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosi Denov tuman bo‘limi tomonidan ijro haraktlari olib borilgan.

Byuroning tuman bo‘limi xodimlari qarzdor ota bilan uchrashib, tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi va ota mas’ulyatni anglagan holda imkoniyatidan kelib chiqib qizining moddiy uchun hisoblab berilgan 115 million 17 ming so‘m aliment pullarini oldindan to‘liq berdi.

Hujjatlar notarial rasmiylashtirilib, Byuroning tuman bo‘limi ish yurituvidan ijro hujjati belgilangan tartibda muddatidan oldin tugatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Denovlik ota 115 million so‘m aliment to‘ladi