15:53 / 05.05.2021
1 852

Toshkent, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida narkokurerlar qo‘lga olindi


Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan hamkorlikda joriy yilning 9-15 aprel kunlari o‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar natijasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Xususan, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida dastlab avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro Sobirov boshqaruvidagi «Captiva»rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida mazkur avtmoashina salonidan  vazni 1,07 gr. «gashish» giyohvandlik vositasi topiladi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir Bekobod shahrida davom ettiriladi va fuqaro Sobirovga 492,4 gr. og‘irlikdagi «gashish» giyohvandlik vositasini 5 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida yana 2 nafar shaxslar ham qo‘lga olinadi.

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda esa «Farg‘ona-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lacetti» avtotransport vositasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro G‘aniyevning yonida vazni 287,42 gr. «gashish» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir Andijon viloyati Marhamat tumanida davom ettirilib, fuqaro G‘aniyevga 497,77 gr. «gashish» giyohvandlik moddasini 3,7 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs ham voqea joyida qo‘lga olinadi.

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 2 nafar fuqarolar Asadov va Axrarovlar yonlarida 505,32 gr. «gashish»  giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga olinadi.

Tezkor tadbirning so‘nggi bosqichi Toshkent viloyati Ohangaron shahrida davom ettirilib, fuqaro Axrarovningxonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, buyerda 446,07 gr. «gashish» giyohvandlik vositasi saqlanayotganligi aniqlandi.

Shunday qilib,  Toshkent, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan mazkur keng qamrovli tezkor tadbir natijasida qonunbuzar shaxslardan 2kg. 230 gr.dan ortiq og‘irlikdagi «gashish» giyohvandlik vositasi olib qo‘yildi va mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida narkokurerlar qo‘lga olindi