17:30 / 05.05.2021
1 816

Surxondaryoda tuman IIB boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari o‘zini osib qo‘ydi

Surxondaryoda tuman IIB boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari o‘zini osib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati IIB xodimining o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3 may kuni soat 08:00 larda Jarqo‘rg‘on tumani, «Markaziy Surxon» mahallasida yashagan R.S. yashash uyi yonida joylashgan molxonasi shiftiga xo‘jalik arqonidan sirtmoq yasab, o‘zini osib joniga qasd qilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida hodisa joyidan 1 dona 1,5 metr uzunlikdagi arqon xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Qumqo‘rg‘on tuman sud-tibbiyot ekspertizasi bo‘limining dastlabki ma’lumotnomasida marhum R.S.ning o‘limiga yuqori nafas yo‘llarining siqilishi, mexanik asfiksiya, sirtmoqqa osilish kabi tan jarohatlar sabab bo‘lganligi, uning badanida boshqa tan jarohatlari mavjud emasligi ko‘rsatilgan.

Viloyat IIB matbuot xizmatining bildirishicha, marhum R.S. 1975 yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, muqaddam Qumqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, pensiya olish huquqini beradigan bildirgisi asosida 2021 yilning yanvar oyida Ichki ishlar organlaridan Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatilgan.

Xabarga ko‘ra, R.S.ning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda tuman IIB boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari o‘zini osib qo‘ydi