18:28 / 05.05.2021
2 167

Sud qarori muhokama etilmaydi


Joriy yilning 4 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Mana Samarqand viloyati Tayloq tumani Majburiy ijro xodimlari saylovoldi qilgan ishi xalqni urib uylarini buzishayapti” nomli videolavha joylashtirilgan.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining 24.12.2020 yildagi Toyloq tuman hokimligining qarzdorlar J.Meliqulov tomonidan Toyloq tuman O‘zbekiston mahallasida joylashgan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurilgan, umumiy qurilish osti 730 kv.metr hajmdagi qurilish, poydevor, qurilishi tugatilmagan binoni qarzdor hisobidan buzish hamda 0.23 ga yer maydonidan qarzdor tomonidan egallagan 0.14 ga yer maydonini asl holatiga keltirilib qaytarish hamda qarzdor M.Raxmonova tomonidan Toyloq tuman O‘zbekiston mahallasida joylashgan yer maydonida o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurilgan 54 kv.metrdan iborat yer maydoni hamda 54 kv.metrdan iborat uy-joyni javobgar hisobidan buzish, yer maydonini asl holatiga keltirish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Byuroning Tayloq tuman bo‘limi ijro ish yurituviga 18.01.2021 yilda kelib tushgan va 19.01.2021 yilda ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.

Ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borish jaaryonida ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun qarzdorlarga bir-necha marotaba ogohlantirish xatlari yuborilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisining 23.04.2021 yildagi talabnomasi bilan mazkur ijro hujjatining majburiy ijro harakatlari 24.04.2021 yilda tayinlangan bo‘lib, ijro kuni IIB va kadastr xodimlari kelmaganligi hamda ishchi kuchi bo‘lmaganligi sababli ijro harakatlarini amalga oshirish imkoni bo‘lmagan va ijro harakatlari boshqa kunga qoldirilib ushbu to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Hozirgi kunda davlat ijrochisining 01.05.2021 yildagi talabnomasi bilan mazkur ijro hujjatlarining majburiy ijro harakatlari 
olib borilmoqda. 
Ijro ishi yakuni bo‘yicha yana qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Majburiy ijro byurosi  
Samarqand viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud qarori muhokama etilmaydi