20:02 / 05.05.2021
1 899

Kobaltga yashirilgan changyutkichlar belgilangan manzilga yetib bormadi


Bojxona organlari tomonidan maishiy texnika buyumlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash yo‘nalishidagi chora-tadbirlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari oldindan olingan ma’lumot asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Quvasoy-Qo‘shtepa” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro D. H. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina kuzatuvga olindi.
 
Ushbu avtomashina belgilangan tartibda to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina saloni va yukxonasida respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirilgan, horijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 28 000 000 so‘mlik jami 35 dona ikki xil turdagi “Samsung” nomli changyutgichlar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kobaltga yashirilgan changyutkichlar belgilangan manzilga yetib bormadi