22:22 / 05.05.2021
2 422

Qing‘ir reja amalga oshmadi


Bojxonachilar tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbilar natijasida tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari oldindan olingan ma’lumot asosida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, “Quvasoy-Marg‘ilon shahar” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro B.N. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli, avtomashina kuzatuvga olindi.
 
 Ushbu avtomashina belgilangan tartibda to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 26 400 000 so‘mlik jami 33 dona “Samsung” nomli changyutgichlar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qing‘ir reja amalga oshmadi