23:03 / 05.05.2021
2 192

Bojxonachilar 550 mln. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini to‘xtatib qolishdi


Respublikamiz bojxonachilari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan tezkor chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxslardan biri sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 2500 dona “Kleksan” dori vositalarini sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida poytaxtimizdagi sport klublaridan birining omborida ham 1233 dona shu nomdagi dori vositasi noqonuniy ravishda saqlanayotganligi fosh qilindi.

Mazkur holatda qonunbuzar shaxslardan olib qo‘yilgan 3733 dona dori vositalarining umumiy qiymati 250 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Ayni shu kuni Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari poytaxtimizning Chilonzor tumanida ham tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning saloni va yukxonasida 165 nomdagi 1089 quti dori vositalari hamda 468 dona ozidruvchi choylar ortilgani aniqlandi.

Xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan mazkur tovarlarning umumiy qiymati 300 mln. so‘mni tashkil qilmoqda. Hozirdagi ushbu holatlarga aloqador shaxslarni aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi turli idoralar bilan hamkorlikda joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida aniqlangan 216 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida qiymati 17 mlrd. 577 mln. so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 550 mln. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini to‘xtatib qolishdi