21:52 / 05.05.2021
2 525

Soliq organlari xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilishi tartibi bekor qilinadi

Soliq organlari xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilishi tartibi bekor qilinadi

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq xizmati organlari va jismoniy shaxslar daromadlari hamda aktivlarini deklaratsiyalash tizimini joriy qilish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Farmon loyihasida qayd etilishicha, 2021 yil 1 iyulidan davlat soliq xizmati organlarining boshqaruv xodimlariga o‘z daromadlari va egaligida bo‘lgan aktivlarni majburiy deklaratsiyalash tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, soliq organlari xodimlari 2020 yil 1 yanvarga qadar mavjud bo‘lgan aktivlarining kelib chiqish manbasini tasdiqlashi talab etilmaydi.

2021 yil 1 apreldan boshlab davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining «Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali» orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning daromadlari hamda egaligida bo‘lgan aktivlar to‘g‘risida deklaratsiyalarni topshirish muddatlari etib:

2020 yil uchun 2021 yil 1 sentabrga qadar, 2021 yil va keyingi yillar uchun — har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalarda keltirilgan aktivlar va ularning daromadlarga muvofiqligini o‘rganish natijalari e’lon qilinadi.

2020 yil uchun 2021 yil 1 noyabrga qadar, 2021 yil va keyingi yillar uchun — hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayiga qadar deklaratsiyada keltirilgan aktivlar kelib chiqish manbasining asosliligi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasida hisobga olingani DSQ tomonidan o‘rganiladi.

2021 yil 1 avgustga qadar soliq organlari xodimlari tomonidan deklaratsiya taqdim etmaslik holati bo‘yicha javobgarlikni belgilash yuzasidan «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasining Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilandi.

2021 yil 15 avgustga qadar deklaratsiyada keltirilgan aktivlar kelib chiqish manbasining asosliligi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasida hisobga olinganini tahlil qilish tartibi tasdiqlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Soliq organlari xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilishi tartibi bekor qilinadi