19:30 / 06.05.2021
1 865

Chet tillari bo‘yicha qabullar soni 2 baravarga, davlat granti esa 3 baravarga oshiriladi


Prezident videoselektorida rektorlarga bir yil ichida chet tili o‘qituvchilari – 100 foiz, kelgusi 3 yilda esa kasbiy fanlar o‘qituvchilarining 50 foizi xalqaro sertifikat olishiga erishishi zarurligi bo‘yicha topshiriq berildi.

«Chet tillarini o‘qitish uchun oliy ta’lim tizimida mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish kerak. Hozirgi kunda oliygohlardagi 78 foiz professor-o‘qituvchilarning chet tilini bilish darajasi qoniqarsiz ahvolda.

Masalan, Nukus tibbiyot, Andijon iqtisodiyot va qurilish, Milliy rassomchilik va dizayn institutlari kabi 18ta oliygohda birorta o‘qituvchi xorijiy tilni bilish sertifikatiga ega emas. Har bir oliygoh rektori bir yil ichida chet tili o‘qituvchilari – 100 foiz, kelgusi 3 yilda esa kasbiy fanlar o‘qituvchilarining 50 foizi xalqaro sertifikat olishiga erishishi zarur. Ololmasa ishdan bo‘shatish kerak. Bunda, oliygohlar o‘qitish va sertifikat olish xarajatlari o‘z jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi
», dedi prezident.

Shu bilan birga, kelgusi yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilar chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish talabi kiritiladi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohlarda tegishli mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda o‘qitish tizimi joriy etiladi.
Umuman, yangi o‘quv yilidan boshlab, chet tillari bo‘yicha qabullar soni 2 baravarga oshirilib, 16 mingtaga yetkaziladi, davlat granti esa 3 baravarga oshiriladi (4,5 mingta).

«Chet tilini o‘qitishning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida, «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali, xorijiy doktoranturada ta’lim olish uchun yiliga 20ta o‘rin ajratiladi. Bundan buyon, oliygohlarda tabiiy va texnik fanlar bo‘yicha xorijiy darslik va qo‘llanmalardan erkin foydalanish yo‘lga qo‘yiladi», dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chet tillari bo‘yicha qabullar soni 2 baravarga, davlat granti esa 3 baravarga oshiriladi