10:55 / 07.05.2021
1 979

Toshkentda “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilmaydi


Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 9 may kuni Toshkent shahrida “Bessmertniy polk” aksiyasini o‘tkazishga ruxsat berilgani haqidagi xabar ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati bargan xabarga ko‘ra, aslida, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari M.Muhitdinovning topshirig‘ini noto‘g‘ri tarjima qilish oqibatida anglashilmovchilik yuzaga kelgan. Natijada keng jamoatchilikka “mutasaddilar mazkur aksiyani o‘tkazish uchun ruxsat berishgan bo‘lsa-da, huquq-tartibot idoralari bunga qarshi chiqmoqda” degan mazmunda  asossiz xabar tarqatilgan.

"Ma’lumki, keyingi vaqtlarda butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkablashmoqda. Shu bois aholi salomatligini saqlash, kasallikning keng tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘shimcha cheklovlar joriy qilinmoqda.

Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan joriy yil 1 maydan boshlab mamlakatimizda turli ommaviy tadbirlar, xususan, konsert dasturlari, bayram tomoshalari va ommaviy yurishlarni o‘tkazish vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, bu yil mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarni karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, ixcham shakllarda o‘tkazish choralari belgilangan.

Bunday cheklovlar yuzlab odamlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan “Bessmertniy polk” ommaviy tadbiriga ham daxldor ekanini unutmaslik lozim. Zotan, bugungi murakkab epidemiologik vaziyatda fuqarolarimizning salomatligini himoya qilish barchamizning eng muhim vazifamiz hisoblanadi", deyiladi hokimlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilmaydi