15:30 / 07.05.2021
1 641

Samarqandda tuyaqushlar mashinadan tushib qoldi (video)

Samarqandda tuyaqushlar mashinadan tushib qoldi (video)

Kadr: Telegram
Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida ikki tuyaqush mashinadan chiqib, qochib ketdi. Holat tasvirlangan video Telegram’dagi «Samarqandliklar» kanali tomonidan e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, holat tumanning eski YPX posti yaqinida sodir bo‘lgan. Videodan ko‘rish mumkinki, bo‘yi 2 metr keladigan ikkita tuyaqush yuk mashinasidan tushib qolib, yo‘l chetiga yugurib o‘tgan. Bir erkak tuyaqushlarni tinchlantirishga urinib, ularni ushlashga harakat qilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda tuyaqushlar mashinadan tushib qoldi (video)