01:39 / 09.05.2021
4 472

Toshkentda vafot etgan bolaning suratini internetga joylab, shu orqali xayriya puli to‘plagan ayol ushlandi

Toshkentda vafot etgan bolaning suratini internetga joylab, shu orqali xayriya puli to‘plagan ayol ushlandi

Foto: «Yuz.uz»
Toshkent shahar Olmazor tumanida vafot etgan bolaning suratidan foydalanib, xayriya puli yig‘gan 26 yoshli ayol ushlandi. Bu haqda «Yuz.uz» xabar berdi.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida noma’lum shaxs tomonidan internet tarmog‘ida 2021 yil 8 fevral kuni Ukrainada bosh miya o‘simtasi kasalligi oqibatida vafot etgan bolaning hamda shaxsi noma’lum bo‘lgan, og‘ir kasallikka chalingan ikki nafar bolaning suratlarini internetdan ko‘chirib olgani aniqlangan. Rasmlarning ostiga farzandlari og‘ir kasallikka chalingani sabab ularning tibbiy muolajalariga 10 000 va 20 000 dollar pul mablag‘lari zarurligini aytib, pulni qabul qilish uchun bank plastik kartalarini ko‘rsatib, ijtimoiy tarmoqlarda soxta xayriya e’loni qoldirgan.

Ta’kidlanishicha, e’lonlarda joylashtirilgan kasal bolalarning fotosuratlaridan ta’sirlangan fuqarolar tomonidan 5 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘lari soxta xayriya e’lonlari ostida ko‘rsatilgan kartalarga o‘tkazilgan.

Shuningdek, 20 fevral kuni tezkor ma’lumotlar asosida Toshkent shahar Olmazor tumani Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Unda mazkur noqonuniy harakatni Olmazor tumani Qamarniso ko‘chasida yashovchi 26 yoshli N.R. sodir etgani aniqlanib, unga tegishli bo‘lgan ikki dona bank plastik kartalari va smartfon ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Fuqaro N.R.ga nisbatan 6 may kuni Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (takroran sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda vafot etgan bolaning suratini internetga joylab, shu orqali xayriya puli to‘plagan ayol ushlandi