14:11 / 09.05.2021
2 276

O‘zbekistonda bir kunda yana 419 kishida koronavirus aniqlandi


O‘zbekistonda 8 may kuni yana 419 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 7 may kuni 381 nafarni, 6 may kuni 421 nafarni tashkil etgandi.

Yangi kasallanganlarning:
  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 81 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 11 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 15 nafari Xorazm viloyatida,
  • 72 nafari Toshkent viloyatida,
  • 192 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 94 397 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar, Samarqand viloyatida 61 nafar, Sirdaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 19 nafar, Xorazm viloyatida 17 nafar, Toshkent viloyatida 49 nafar, Toshkent shahrida 176 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90 053 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3682 nafar bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda bir kunda yana 419 kishida koronavirus aniqlandi