19:25 / 09.05.2021
3 271

Manzura test natijalari soxtalashtirilayotgani tufayli kasallanish holatlari ortayotgani haqida gapirdi


Xonanda Manzura Instagram’dagi jonli efir orqali muxlislari bilan muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Muloqot chog‘ida xonanda kasallanish holatlari ortib borayotgani haqida gapirib, folloverlarini niqob taqib yurishga chaqirdi. Bundan tashqari, Manzura koronavirus testini soxtalashtirish holatlariga shaxsan o‘zi guvoh bo‘lgani haqida ham so‘zlab berdi.

«Men doim niqob taqib yuraman, hozir uyimning yo‘lagi oldida turganim uchun niqobimni yechganman. Shunaqa odamlar bor, niqob taqmaganlarni rasmga olib jo‘natvoradigan. Bir kuni meni rasmga olib, jo‘natvorishibdi. 1 million so‘m jarima keldi uyimga. O‘zi uchta ogohlantirish bo‘lishi kerak. Bilmadim, Manzura oligarx deb o‘ylashganmi, ogohlantirishsiz, bir million so‘m jarima keldi, shu narsani noto‘g‘ri deb bilaman», — deydi xonanda niqob taqib yurmagani uchun jarima to‘lagani haqida gapirar ekan.

«Dubayga uchganimizda shunaqa narsa bo‘ldi: Mendan o‘pkaning 12 foiz zararlanishi chiqdi. Ikkinchi kun aytishyapti, tasavvur qiling. Dubayga uchish uchun test topshirgandim. Balki, kasallangandirman, deb o‘yladim, lekin tanishlarim ‘Agar kasal bo‘lganingda, ertalabgacha o‘pkang 50 foiz zararlanardi... aldov’, dedi. Keyin borsam, 300 dollar berasan, deyishdi. O‘shanga kasallik ko‘payib ketyapti. 300 dollar bersam, demak, koronavirus bo‘lsam ham meni qo‘yvorishadi.

Keyin o‘sha analizni boshqa joyda qildirsak, top-tozaman. 300 dollarni olish uchun mana shunaqa qilishgan ekan, fashistlar. Xoinlar-da bular, xalqqa qarshi! Men kasal bo‘lmasam ham mendan 300 dollar undirmoqchi bo‘lishdi. O‘shanda mendan so‘rashgandi: qayerga uchyapsiz, deb. Chet elga, degandim. Shuning uchun ‘Buni sog‘ish kerak’, deb o‘ylashgan-da, fashistlar», — deydi xonanda koronavirus testi natijalari soxtalashtirilish holatlari haqida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Manzura test natijalari soxtalashtirilayotgani tufayli kasallanish holatlari ortayotgani haqida gapirdi