14:46 / 10.05.2021
1 676

Istanbulda qiyin ahvolda qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik aviareys bilan vatanga qaytarildi


Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi
Turkiyaning Istanbul shahriga ishlash maqsadida borib, pandemiya sharoitida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan hamda koronavirus kasalligini boshidan o‘tkazgan O‘zbekiston fuqarolari va ularning farzandlari vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaatlarni qanoatlantirish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Bosh konsulxona va Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilib, fuqarolar Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga olib kelingan.

«Moliyaviy qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro migratsiya tashkiloti mas’ul xodimlari kutib oldi va ular yashash manziliga kuzatildi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Istanbulda qiyin ahvolda qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik aviareys bilan vatanga qaytarildi