20:55 / 10.05.2021
1 893

Rossiyadagi qarzdordan qariyb 28 mln. so‘m aliment undirildi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 25.01.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor F.Xodjiboyevdan ikki nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun N.Ibragimova foydasiga aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituvidagi mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor F.Xodjiboyev 2019 yil may oyida Rossiya davlatiga ishlash uchun ketganligi sababli uning oila a’zolari bilan 25 oylik 27,6 mln. so‘m aliment pulini to‘lanishi lozimligi haqida bir necha marotaba profilaktik suhbatlar olib borilgan, biroq bu kutilgan natijani bermagan.

Shundan so‘ng, qarzdor bilan onlayn videoaloqa orqali profilaktik suhbat o‘tkazilib, qonun talablari tushuntirilgandan so‘ng joriy yilning 6 may kuni Rossiyadan 25 oy uchun hisoblangan 27 mln. 696 ming so‘m aliment pulini yuborgan.

Byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limida F.Xodjiboyevning ishonchli vakili tomonidan topshirilgan aliment puli tegishli hujjatlar rasmiylashtirgan holda undiruvchi N.Ibragimovaga to‘liq topshirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadagi qarzdordan qariyb 28 mln. so‘m aliment undirildi