23:57 / 10.05.2021
3 327

«Sardoba ishi»da aybdor deb topilgan 17 kishiga sud hukmi o‘qildi


Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida 10 may kuni «Sardoba ishi» bo‘yicha aybdorlarga sud hukmi o‘qildi, deya xabar bermoqda Oliy sud.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 10 may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida sudlanuvchilar:
  • M.Xolmatov («O‘ztemir yo‘lqurilishmontaj» UK bosh direktorining o‘rinbosari – Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
  • S.Rudnev («UzGIP» MCHJ Istiqbolli loyihalarni rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
  • S.Abdunazarov («Sirdaryo suv qurilish invest» DUK rahbari lavozimida ishlagan),
  • B.Asadov («To‘palang hdp irrigation systems» (sobiq «To‘palang Sherobod» SHK) UK rahbari lavozimida ishlagan),
  • L.Tojiddinov («To‘palang hdp irrigation systems» (sobiq «To‘palang Sherobod» SHK) UK ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
  • K.Ro‘ziyev («To‘palang hdp water construction» (sobiq «Rezaksoy suv qurilish») UK direktori lavozimida ishlagan),
  • Shukurov («To‘palang hdp water construction» (sobiq «Rezaksoy suv qurilish») UK ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
  • Kattabekov («Omad dubl» MCHJ rahbari lavozimida ishlagan),
  • O‘.Xamrayev («Omad dubl» MCHJ bosh muhandisi lavozimida ishlagan),
  • Sh.Mamirov («Omad dubl» MCHJ ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
  • S.Muroduloyev («Sariosiyo qurilish» MCHJ direktori lavozimida ishlagan),
  • Murodullayev («Sariosiyo qurilish» MCHJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan),
  • F.Maxmudov («Trans servis kompleks» MCHJ direktori lavozimida ishlagan),
  • Z.Jabborov («Trans servis kompleks» MCHJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan),
  • Sh.Kuchkarov (Suv xo‘jaligi vazirligi Suv resurslari va suvdan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
  • F.Danaboyev («Sardoba» suv ombori ob’ektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) va
  • S.Kaxxorov («Sardoba» suv ombori ob’ektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra:
M.Xolmatov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

S.Rudnev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.

S.Abdunazarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.

B.Asadov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.

L.Tojiddinov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 125 225 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.

K.Ro‘ziyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 296 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 97 540 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.

A.Shukurov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 125 225 000 so‘m jarima jazosi qoldirildi.

I.Kattabekov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi.

O‘.Xamrayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Sh.Mamirov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

S.Muroduloyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sardoba ishi»da aybdor deb topilgan 17 kishiga sud hukmi o‘qildi