01:00 / 11.05.2021
4 083

O‘zbekistonda Ramazon Hayiti kuni belgilandi


Bugun Shavkat Mirziyoyev «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi PQ-5110-sonli qarorga imzo chekdi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may — payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatimizda 2021 yil 13 may Ramazon Hayiti bayrami sifatida nishonlanishi belgilangan. Shuningdek, Prezidentning 10 maydagi PF-6222-sonli Farmoni asosida 2021 yil 14 may (juma) hamda 15 may (shanba) kunlari qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Bundan kelib chiqib, o‘zbekistonliklar Ramazon Hayiti munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladigan bo‘lishdi. Jumladan, 13 may, payshanba — Ramazon Hayitining birinchi kuni (ishlanmaydigan bayram kuni), 14 may, juma — qo‘shimcha dam olish kuni (barcha uchun), 15 may, shanba — qo‘shimcha dam olish kuni (barcha uchun),16 may, yakshanba — umumiy dam olish kuni etib belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Ramazon Hayiti kuni belgilandi