12:30 / 12.05.2021
1 529

Dehqon bozorlarida davlat hokimiyatining majburiy ishtiroki bekor qilinadi


«Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021-2023 yillarda O‘zbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib, jumladan, quyidagilar belgilandi:
- 2023 yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oshirish;
- aholini kasbga o‘qitishdan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oluvchi «kompleks xizmatlar» ko‘rsatishni tashkil etish.

2021 yil 1 iyuldan respublika hududlarida xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingi joriy etilib, «BUSINESS INDICATOR» avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida e’lon qilinadi.

Bunda har yarim yilda tegishli tashkilotlar rahbarlari, hokimlarning faoliyati baholanib, natijalari bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lganlari – rag‘batlantiriladi, qoniqarsiz ko‘rsatkichga egalari – intizomiy javobgarlikka tortiladi.

2021 yil 1 sentabrga qadar yirik shaharlarda, viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlar bilan hamkorlikda savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etiladi. Ularda:
- ko‘chma savdo ob’ektlari uchun joylar tadbirkorlarga elektron onlayn-auksion asosida sotiladi;
- barcha tadbirkorlarga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritish huquqi beriladi.

Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi.

Shuningdek, bojxona postlari hududidagi bo‘sh yer uchastkalari hamda tegishli yo‘l-patrul xizmati postlari hududidagi yer uchastkalari tadbirkorlarga savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish uchun ajratiladi.

2021 yil 1 sentabrdan masofaviy (onlayn) ta’limga asoslangan nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud bo‘lishi haqida talab bekor qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dehqon bozorlarida davlat hokimiyatining majburiy ishtiroki bekor qilinadi