22:22 / 12.05.2021
1 989

Jizzaxda MIB tomonidan davlat budjetiga 1.4 mlrd. so‘m undirildi


Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo‘limi ish yurituvida Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasining qarorlariga asosan, qarzdor “RAVON YO`L INVEST” MCHJ hisobidan undiruvchi Jizzax viloyat Davlat soliq boshqarmasi foydasiga jami 717.666.259 so‘m soliq qarzdorligi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, olib borilgan ijro xarakatlari natijasida ushbu qarzdorliklar to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, davlat ijrochilari tomonidan qarzdorlar “Jizzax yul qurilish ta’mirlash” UKdan 393.335.561 so‘m, “ALYANS STORY LYUKS” MCHJdan 184.574.161 so‘m hamda “Qurilish ta’minoti” KTICHK hisobidan undiruvchi Jizzax viloyat Davlat soliq boshqarmasi foydasiga 201.150.586 so‘m soliq qarzdorliklari to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Hozirda ushbu yo‘nalishdagi undiruvlar yuzasidan ijro harakatlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda MIB tomonidan davlat budjetiga 1.4 mlrd. so‘m undirildi