09:00 / 13.05.2021
756

O‘zbekistonga Xitoyning Sinovac vaksinasi olib kelinishi mumkin

O‘zbekistonga Xitoyning Sinovac vaksinasi olib kelinishi mumkin

Foto: Getty Images
O‘zbekistonga Xitoyning koronavirusga qarshi Sinovac vaksinasi keltirilishi mumkin. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

«Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, COVAX dasturi doirasida Xitoyning ‘Sinofarm’ firmasida ishlab chiqarilgan vaksina — Sinovac vaksinasi O‘zbekistonga olib kelinishi ehtimoli bor», — degan u 12 may kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Shuningdek, uning ma’lum qilishicha, Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini 1 millon doza olish uchun buyurtma berilgan. Hozirda 50 ming aholini emlash uchun 100 ming doza vaksina olib kelingan. Qolgan buyurtmalar kelishi bilan xavf ostidan tashqari bo‘lgan aholiga ham taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasining 660 ming dozadan iborat birinchi partiyasi olib kelindi. COVAX dasturi bo‘yicha O‘zbekistonga 2 million 256 ming doza AstraZeneca vaksinasini yetkazib berish reja qilingan. Uning navbatdagi partiyasi iyun oyida olib kelinishi kutilmoqda.

23 aprelga o‘tar kechasi O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi yetkazib berilgandi (aynan qancha miqdorda vaksina olib kelingani ma’lum qilinmagan). 27 aprelga o‘tar kechasi ushbu vaksinaning navbatdagi partiyasi olib kelindi. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi aynan qancha vaksina olib kelinganini ma’lum qilmagan.

27 aprel kuni Xitoydan ZF-UZ-VAC 2001 o‘zbek—xitoy vaksinasining 1 million dozasi ham olib kelindi. Xitoy—o‘zbek vaksinasining 1 million dozadagi dastlabki partiyasi 27 mart kuni olib kelingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 11 may kuni jami 62 262 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi. Shulardan 21 524 nafari birinchi bosqichda, 40 738 nafar fuqaro esa ikkinchi bosqichda emlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga Xitoyning Sinovac vaksinasi olib kelinishi mumkin