14:13 / 13.05.2021
1 864

Surxondaryoda 500 gramm giyohvand moddani organizmida olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi


Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari «Ayritom» chegara-bojxona postida giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda olib kirish uchun o‘z hayotini xavfga qo‘ygan shaxsni to‘xtatib qoldi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, postga piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi M.A. inson tana a’zolarini skanerlash qurilmasi ko‘magida ko‘zdan kechirilganida, uning organizmida yot jismlar — kapsulalar mavjudligi aniqlandi.

Shundan so‘ng Termiz shahridagi tibbiy muassasalardan birida shifokorlar ko‘magida ushbu shaxsning ichidan 47 dona  skotchlangan o‘ram chiqarib olindi.

Mazkur o‘ramlar belgilangan tartibda ochib ko‘rilganida esa ularning ichiga 423,42 gramm og‘irlikdagi opiy hamda 17 dona oq rangli tabletka joylangani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 500 gramm giyohvand moddani organizmida olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi