16:06 / 13.05.2021
2 133

Telegram orqali o‘zganing plastik kartasidan 2,5 mln so‘m yechib olgan 10-sinf o‘quvchisi ushlandi


Foto: IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi
Telegram orqali kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanib keluvchi turli guruh administratorlari bilan yozishmalarni amalga oshirib, ularning plastik kartalaridan pul yechib olgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxs Telegram’da fuqaro A.S.ga tegishli bo‘lgan kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhda, noma’lum profil egasi tomonidan «Qarshiga dostavka bormi, agarda bor bo‘lsa klik orqali pul o‘tkazib beraman, Click tizimiga ulangan telefon raqamingizni ayting, telefoningizga kod borishi kerak, ushbu kodni aytsangiz pulingiz tushadi» degan ma’nodagi yozishmalarni amalga oshirgan. Va bu orqali u 19 mart kuni soat 20:42 larda 2,4 million so‘mdan ortiq pullarni ruxsatsiz yechib olgan.

Olingan tezkor ma’lumotlar natijasida 25 aprel kuni Toshkent viloyati Qibray tumani hududida IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbirda mazkur noqonuniy harakatni Toshkent viloyatida yashovchi, 17 yoshli 10-sinf maktab o‘quvchisi X.D. sodir etgani aniqlangan. Unga tegishli bo‘lgan bir dona Xiaomi Redmi Note 8 Pro markali telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Fuqaro X.D.ga Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Telegram orqali o‘zganing plastik kartasidan 2,5 mln so‘m yechib olgan 10-sinf o‘quvchisi ushlandi