08:30 / 15.05.2021
2 999

Kusherbayev paxta yog‘i narxining oshib ketishi haqida


Oxirgi oylarda o‘simlik yog‘ining oshib ketishi kuzatilmoqda. Bunga sabab sifatida asosan kungaboqar urug‘lari ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi bilan bog‘liq tashqi muhit ta’sir ko‘rsatganligi bildirildi. Biroq unda paxta yog‘i nimaga oshib ketyapti, degan savol ko‘ndalang turgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, paxta yog‘i narxining oshishiga ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo bo‘lgan texnik chigitning birja savdolaridagi boshlang‘ich narxlarining asossiz oshirib qo‘yilishi ham ta’sir etgan.

Jumladan, 2021 yil aprel oyi davomida 40 ta paxta-to‘qimachilik klasteri vaziyatdan foydalanib, 1 tonna texnik chigitni birja savdolariga 4-4,5 mln so‘mdan boshlang‘ich narxlarda qo‘yishgan va narx birinchi chorakka nisbatan o‘rtacha 38 foizga oshirilgan.

Boshlang‘ich narxlar oshganligi sababli, ularning sotilish narxlari ham oshgan va o‘rtacha 4,5-5 mln so‘m atrofida shakllangan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ko‘rilgan tadbirlar jarayonida birja savdolarida texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib, sun’iy oshirish kabi holatlar mavjudligi hamda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi yuzasidan 34 ta paxta-to‘qimachilik klasteriga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.

Natijada, joriy yil may oyining 10-12 kunlarida paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan boshlang‘ich narxlar tushirilib, sotish narxlari o‘rtacha 3,4 mln so‘m atrofida shakllandi, bunda chigitning boshlang‘ich narxi 39 foizga sotish narxi 31 foizga pasaydi.

Shuningdek, Qo‘mita tomonidan sun’iy tanqislik yuzaga keltirilishini oldini olish maqsadida birja savdolarida bir xaridor olishi mumkin bo‘lgan kunlik maksimal hajm 3 tonna miqdorida belgilanibdi.

O‘simlik yog‘i oshib borishidan foydalanib, qo‘shimcha daromad qilib olishni ko‘zlagan janob klasterchilarni qilgan o‘yini yaxshimas. Otning o‘limi itning bayrami, deb shunga aytsa kerak.

Rasul Kusherbayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kusherbayev paxta yog‘i narxining oshib ketishi haqida