Foto: Dunyo
Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Dominika Hamdo‘stligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi. Bu haqda «Dunyo» xabar bermoqda.
Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjat O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov va Dominikaning BMTdagi doimiy vakili, elchi Lorin Bannis-Roberts tomonidan imzolangan.
Dominika Hamdo‘stligi Karib dengizining sharqida joylashgan orol davlatdir. Mamlakat maydoni 751 kvadrat kilometrdan iborat. Aholi soni 70 ming kishini tashkil etadi. Dominika BMT, Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi, Karib Hamjamiyati (SARISOM), Karib umumiy bozori va Sharqiy Karib davlatlari tashkiloti a’zosi hisoblanadi.
O‘zbekiston va Dominika Hamdo‘stligi o‘rtasidagi hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni muntazam davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Avvalroq, O‘zbekiston va San-Marino o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi protokol imzolangandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi