11:56 / 17.05.2021
2 221

Samarqandda YHXB boshlig‘iga signal chalgan haydovchi jarima maydonchasiga «qamaldi»


Samarqandda haydovchi signal chalgani sabab tuman IIB YHXB boshlig‘i tomonidan jarima maydonchasiga olib kirib qo‘yilgani aytilmoqda. Bu haqdagi video ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

8 may kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani IIB YHXB boshlig‘i Tog‘ayev Maqsudga signal chalgan haydovchining avtomobili MJtKning 135-moddasi 1-qismi bilan jarima maydoniga olib qo‘yilgan.

Viloyat IIB Matbuot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev xabariga ko‘ra, haydovchi bilan muomala madaniyati va odob-ahloq qoidalari to‘g‘risidagi buyruq talablarini buzgan Paxtachi tumani IIB YHXB boshlig‘i Tog‘ayev Maqsudga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda YHXB boshlig‘iga signal chalgan haydovchi jarima maydonchasiga «qamaldi»